Rossiya hujumi Kiyevni elektrsiz qoldirdi

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya zarbalari oqibatida Kiyev shahrining 60 foizdan ortig‘i elektrsiz qolmoqda. Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy buni X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Prezidentning aytishicha, ertalab Kiyevda taxminan 4 ming bino isitilmayapti. Havo sovuq bo‘lib, ko‘plab odamlar bir necha soat yoki umuman elektrsiz yashamoqda.
Sharqdagi Xarkiv viloyatida ham elektr ta’minoti buzilgan. Viloyat rahbari Oleg Sinihubov chorshanba kuni 520 ming iste’molchi elektrsiz qolganini bildirdi. Bu ko‘rsatkich seshanba kuniga nisbatan kamaygan, ammo hudud yana hujumga uchragan.
Janubiy Odesa viloyatida DTEK kompaniyasi bir inshoot zarar ko‘rganini va bir necha ming xonadon elektrsiz qolganini aytdi. Elektr tiklangan joylarda ham kun davomida uzilishlar bo‘lib turmoqda. Mobil aloqa xizmatlariga ham ta’sir qilib, Kyivstar tarmog‘ining taxminan 10 foizi ishlamay qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!