Xitoy iqtisodiyotining rejali mohiyati ba’zan mamlakatda hech kimga foydasi tegmaydigan savdo markazlari, mikrotumanlar va hatto butun boshli shaharlar barpo etilishiga olib keladi. Matbuotda ular “arvoh-shaharlar” deb nomlanadi. The Wall Street Journal nashri shunday inshootlardan yana birini aniqlagan. Yaqinda, foydalanishga topshirilgan aeroport 230 million dollar sarflangan bo‘lib, u haftasiga uchta reysni qabul qiladi, xolos, deb yozadi Kun.uz nashri.
San’yuan-Va muxtor muzofoti — Xitoyning Myanma bilan chegaradosh uncha katta bo‘lmagan hududi bo‘lib, unda Va elatlari istiqomat qiladi. 2016 yil dekabr oyida Yunnan viloyati ma’muriy markaziga borish uchun avtobusda 9 soat vaqt sarflanardi. Endilikda, ular Kunmin shahrigacha 45 daqiqada etib borishlari mumkin. Mamlakat hukumati mahalliy aholi uchun aeroport qurishdi. Buning uchun salkam chorak milliard dollar sarflandi.
Muammo shundan iboratki, muzofot aksar aholisining Kunminga deyarli ishi tushmaydi. Natijada aeroport haftasiga 3ta parvozni qabul qiladi.
Rejaga ko‘ra, yangi aeroport yiliga 270 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi kerak. Agar kuniga hech bo‘lmaganda bitta samolyot qo‘nsa loyiha quvvatiga erishiladi. Hukumatning taxmin qilishicha, mintaqaning sayyohlik jozibadorligi oshirilsa, ko‘zlangan samaradorlikka erishish qiyin emas.
The Wall Street Journal gazetasining yozishicha, umuman Xitoydagi yo‘lovchilar oqimi yil sayin ortib borayapti. Ayrim taxminlarga ko‘ra, Xitoy 2029 yilga kelib yo‘lovchilar soni bo‘yicha fuqaro aviasiyasining jahondagi eng yirik bozoriga aylanadi.
Shu bilan birga, Xitoydagi aeroportlarning 2/3 qismi zarar ko‘rishda davom etmoqda. Chunki, faqatgina yirik shaharlarda aviasiya tashuvi katta sur’atlarda rivojlanmoqda. Biroq, Xitoy aeroportlar qurishni to‘xtatish niyatida emas: 21-asrning ikkinchi o‘n yilligi oxiriga kelib, mamlakatda jami 260ta aeroport bo‘ladi. 2015 yilda ularning soni 207ta edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»