Valensiya aeroportida erkak samolyot tomida raqs tushdi

1 daqiqa o'qish987
Valensiya aeroportida erkak samolyot tomida raqs tushdi

Ispaniyaning Valensiya shahri yaqinidagi Manises aeroportida kutilmagan holat ko‘pchilikni hayratda qoldirdi. 24 yoshli erkak parvozga tayyor turgan samolyot ustiga chiqib, tom qismida “sahna” qilib yurdi.

Xabarlarga ko‘ra, voqea 2 fevral kuni sodir bo‘lgan. Marokash fuqarosi qanday qilib cheklangan hududga kirib olgani hozircha aniq emas. U Vueling aviakompaniyasiga tegishli Airbus A320 samolyotiga zinapoya orqali ko‘tarilib, keyin uchoqning tom qismida ko‘rinish bergan.

Guvohlar aytishicha, u samolyot tomida raqsga tushgan, qo‘l harakatlari bilan pastdagilarni masxara qilgandek bo‘lgan va aeroport xodimlarining ishiga halal bergan. Qo‘lidagi ichimlikdan bir ho‘plab, uni tuflagandek qilib, keyin idishini yerga otgani ham qayd etilgan. Shundan so‘ng u ikki marta samolyot tomi bo‘ylab yugurib, xodimlarni ataylab chalg‘itishda davom etgan.

Oqibatda fuqarolik gvardiyasining uch nafar xodimi uni tushishga ko‘ndirgan. Erkak qarshilik ko‘rsatmasdan pastga tushgan va keyin Valensiyadagi kasalxonaning psixiatriya bo‘limiga yuborilgan. Hozircha unga rasmiy ayblov qo‘yilgan-qo‘yilmagani haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Bu voqea sabab Vueling’ning Amsterdamga uchishi kerak bo‘lgan reysi sezilarli kechikkan. Yo‘lovchilar taxminan ikki yarim soat davomida yangi parvozni kutishga majbur bo‘lgan va keyin boshqa samolyotda Niderlandiyaga yo‘l olgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?