Turk qo‘shiqlariga raqs tushib mashhur bo‘lgan braziliyalik chiqindi yig‘uvchi og‘ir ahvolga tushdi

Turk qo‘shiqlariga raqs tushib mashhur bo‘lgan braziliyalik chiqindi yig‘uvchi og‘ir ahvolga tushdi

Braziliyalik 38 yoshli Luis Fernando Sanches turk qo‘shiqlari ostida raqs tushib, chiqindi yig‘ish jarayoni aks etgan videolari orqali ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lgan. U, ayniqsa, Turkiyada ko‘plab muxlislarga ega bo‘lib, Tarkan, Mustafa Sandal va Mahsun Qirmizig‘ul qo‘shiqlariga raqs tushgan videolari bilan tanilgan. Bu haqda Turkiyaning Habertürk nashri ham xabar bergan.

Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Sanches yaqinda ish vaqtida jarohat olganidan so‘ng qo‘l-oyoqlarida kuchsizlikni sezgan. MRT tekshiruvida bo‘yin umurtqasining C4–C5 qismida disk churrasi aniqlangani aytilmoqda. Biroq uning ahvoliga nima sabab bo‘lgani hali o‘rganilmoqda.

Dastlabki xabarda aytilishicha, Sanches taxminan olti oy davomida ishlay olmasligi mumkin. U davolanish vaqtida daromad topish uchun obunachilaridan reklama buyurtmalari orqali qo‘llab-quvvatlashni so‘ragan.

Uning eng katta istagi — sog‘lig‘ini tiklab, yana odatdagi ishiga va muxlislariga tanish bo‘lgan raqslariga qaytish.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar