Sankt-Peterburgda morg rahbari jasad sotishda ushlandi

Kecha, 6 fevral kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Aleksandrovskaya kasalxonasi o‘likxonasi rahbari Andrey Kavetskiy qo‘lga olindi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi. U marhumlarning jasadlari va tana qismlarini qonunga xilof tarzda xususiy kompaniyaga sotganlikda gumon qilinmoqda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Kavetskiy oyiga taxminan 500 ming rubl miqdorida pora evaziga “Anabioz” kompaniyasiga jasad va biomateriallarni yetkazib berib kelgan. Kompaniya asoschisi Stanislav Maslov ham avvalroq hibsga olingani aytilgan.
Tergovchilar biomateriallar kosmetologiya, stomatologiya hamda jarrohlik amaliyotlari uchun namuna sifatida ishlatilganini aniqlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, jasadlar ko‘p hollarda qarindoshlari bo‘lmagan shaxslarga tegishli bo‘lgani qayd etilgan. Gumonlanuvchilar kamida 4 aprelga qadar qamoqda saqlanishi ma’lum qilingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing