Xitoydagi zavodda kuchli portlash: 8 kishi halok bo‘ldi

Xitoydagi zavodda kuchli portlash: 8 kishi halok bo‘ldi
Qisqacha

Xitoyning Shanxi provinsiyasida joylashgan "Jiapeng" biotexnologiya zavodida kuchli portlash sodir bo'lib, natijada sakkiz kishi halok bo'ldi. Portlash sabablari hozircha noma'lum, mahalliy rasmlar esa hodisa bo'yicha tergov boshlagan. Zavodning bir xodimi huquq-tartibot organlari tomonidan hibsga olingan. Tergov guruhi portlash sabablarini aniqlash ustida ishlamoqda.

Xitoyning shimoliy hududida joylashgan Shansi provinsiyasida portlash hodisasi ro‘y berdi. Xinhua axborot agentligi xabariga ko‘ra, Shochjou shahri, Shanin okrugida joylashgan “Jiapeng” biotexnologiya zavodidagi ustaxonada yuz bergan portlash natijasida sakkiz nafar kishi halok bo‘lgan.

Portlash sabablari hozircha noma’lum. Mahalliy rasmiylar hodisa yuzasidan tergov boshlashganini ma’lum qilishdi. Kompaniya xodimlaridan biri hozirda huquq-tartibot organlari tomonidan hibsga olingan.

Voqea joyida tergov guruhi tashkil etilib, portlash sabablari va boshqa tafsilotlar aniqlashtirilmoqda. Rasmiylar hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishini bildirgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar