date

Tarazda dahshatli voqea: ona ikki bolasini uloqtirdi

Tarazda dahshatli voqea: ona ikki bolasini uloqtirdi

Qozog‘istonda dahshatli voqea sodir bo‘ldi. Jambil viloyati politsiya departamenti ma’lumotlariga tayanib, «NUR.KZ» nashrining xabar berishicha, Taraz shahrida ona o‘zining ikki nafar farzandini ko‘p qavatli uyning beshinchi qavati derazasidan pastga uloqtirib yuborgan.

Ma’lum qilinishicha, 2021 va 2023 yillarda tug‘ilgan ikki bola mo‘jizaviy tarzda tirik qolgan, biroq ular og‘ir tan jarohatlari olgan. Shifokorlar bolalarda yopiq bosh miya shikasti va miya shishi aniqlanganini ma’lum qildi.

Shuningdek, katta farzandda son suyagi siljishi ham qayd etilgan. Ayni paytda tibbiyot xodimlari jabrlangan bolalarning hayotini saqlab qolish uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, eng kichik bolada bosh, ko‘krak qafasi hamda tos suyaklari bo‘yicha kompyuter tomografiya tekshiruvlari o‘tkazilgan. Ularga zarur tibbiy muolajalar, jumladan, laparotsentez amaliyoti bajarilib, tegishli davolash jarayonlari boshlangan. Katta farzandga esa oyoq suyagi bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan sudgacha tergov harakatlari boshlangan. Gumonlanuvchi ayol qo‘lga olinib, vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. Hozirda ish bo‘yicha barcha zarur tergov tadbirlari olib borilmoqda. Ayolning bunday harakatiga nima sabab bo‘lgani hozircha ma’lum qilinmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tarazda dahshatli voqea: ona ikki bolasini uloqtirdi