date

17 yoshli qizni zo‘rlab o‘ldirgan "bishkeklik manyak" vafot etdi

17 yoshli qizni zo‘rlab o‘ldirgan "bishkeklik manyak" vafot etdi

Qirg‘iziston poytaxti Bishkekdagi 1-sonli tergov hibsxonasida “bishkeklik manyak” nomi bilan tanilgan 41 yoshli Qumarbek Abdirov o‘lik holda topildi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Jazoni ijro etish davlat xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Abdirovning jasadi 7 fevral kuni soat 12:30 atrofida kameradan topilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkin. Tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlangan.

Abdirov 2025 yil sentyabrda 17 yoshli Oysuluv Mukashevani zo‘rlab o‘ldirganlikda ayblanib hibsga olingan edi. Tergov davomida u bir necha ayolni zo‘rlab o‘ldirganini tan olgan. Jinoyatlari asosan shahar chetida va tog‘li hududlarda sodir etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Abdirov 2016 yilda qotillikka urinish jinoyati uchun 12 yilga qamalgan, keyin jazo muddati 7 yilga qisqartirilgan va 2018 yilda muddatidan oldin ozod qilingan.

Oysuluv Mukashevaning o‘ldirilishidan so‘ng Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov og‘ir jinoyatlar uchun o‘lim jazosini tiklashni taklif qilgan, lekin Konstitutsiyaviy sud 2025 yil dekabrda bu chora Konstitutsiya va xalqaro majburiyatlarga zid ekanini ma’lum qilgan.

Shuningdek, ish doirasida Abdirovning muddatidan oldin ozod etilishida ishtirok etgan Bishkek shahar sudining uch sobiq sudyasi va bir prokuror ham hibsga olingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » 17 yoshli qizni zo‘rlab o‘ldirgan "bishkeklik manyak" vafot etdi