G‘azoda qurbonlar soni 72 mingdan oshdi

2023 yil oktabr oyidan boshlab G‘azo sektorida davom etayotgan harbiy harakatlar natijasida qurbonlar soni 72 032 nafarga yetdi. Bu haqda Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumot berdi.
Ularning qayd etishicha, so‘nggi 24 soat ichida 5 nafar tinch aholi halok bo‘lgan, yana 10 kishi turli darajada tan jarohati olgan. Bu esa hududdagi zo‘ravonliklar va xavf-xatarlarning hanuzgacha to‘xtamagani, aksincha, davom etayotganidan dalolat beradi.
Garchi 10 oktabrda rasmiy ravishda otashkesim e’lon qilingan bo‘lsa-da, Isroil armiyasi tomonidan zarbalar berilishi davom etmoqda. Bu holat aholining kundalik hayotida doimiy qo‘rquv va beqarorlik muhitini keltirib chiqarmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing