Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg‘izistonga tashrifi vaqtida prezident Almazbek Atambaevdan kulrang tusli chopqir ot sovg‘aga olgan. Qirg‘iziston prezidentining rasmiy fotosuratchisi Sulton Dosaliev o‘zining Facebook’dagi sahifasiga Almazbek Atambaev va Vladimir Putin tabiat fonida chiroyli ot bilan birgalikda aks etgan suratlarni joylagan hamda "Muzokaralardan keyin...("Ala-Archa" qarorgohi, 2017 yilning 28 fevrali)" deya ilova qilgan, deb yozadi Kun.uz sayti.
Ikki davlat rahbarlari Putinning Markaziy Osiyoga turnesi davomida, Bishkekda 28 fevral kuni uchrashgandi.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, sovg‘a qilingan arg‘umoq qirg‘iz zotidan. Uning laqabi, jinsi hamda yoshi haqida ma’lumot yo‘q.
"Rossiya prezidentining jonivorlarga bo‘lgan muhabbatini bilgan holda, respublika rahbari mehmonga ot sovg‘a qilish orqali uni quvontirishga qaror qilgan bo‘lishi mumkin", deyilgan xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»