Kanadada 307 million yillik ilk o‘txo‘r jonivor topildi

1 daqiqa o'qish4.7K
Kanadada 307 million yillik ilk o‘txo‘r jonivor topildi

Kanadada olimlar hayvonlar evolyutsiyasi tarixini “qayta ochib berishi” mumkin bo‘lgan noyob topilmaga duch keldi. Yangi Shotlandiya viloyatida taxminan 307 million yil avval yashagan qadimgi jonzivorning bosh suyagi aniqlandi. Mutaxassislar buni quruqlikda yashagan eng ilk o‘simlikxo‘r umurtqalilardan biri, deb baholamoqda.

Topilgan mavjudotga Tirannorotor heberti deb nom berilgan. Qizig‘i, tashqi ko‘rinishidan u sudralib yuruvchilarga o‘xshab ketsa-da, olimlar uni mikrozavrlar guruhiga kiritmoqda. Tadqiqotchilar hisobicha, jonzivorning uzunligi taxminan 30,5 santimetr bo‘lgan — hozirgi kaltakesaklarga yaqin qiyofada tasavvur qilish mumkin.

Eng muhim jihat — uning ovqatlanish uslubi. Olimlar mikrokompyuter tomografiyasi yordamida tish tizimini o‘rganib, Tirannorotor hebertida rivojlangan chaynash mexanizmi borligini aniqlagan. Bu esa o‘sha davrdayoq o‘simlikni samarali chaynab, hazm qilishga moslashgan organizmlar paydo bo‘la boshlaganini ko‘rsatadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?