
Hollivudlik aktyor, Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger kelajakda AQSh yuqori palatasiga o‘z nomzodini qo‘yishi mumkin, deb yozmoqda Kun nashri.
Nashrning Kaliforniyada Respublikachilar partiyasi bilan aloqador bo‘lgan manbalari ma’lumotiga ko‘ra, Shvarsenegger 2018 yilda bu ishni amalga oshirishi mumkin.
Shvarsenegger har doim respublikachilar tarafdori bo‘lib kelganiga qaramay, senator lavozimiga mustaqil nomzod sifatida da’vogarlik qilishi mumkin.
Manbalardan birining ta’kidlashicha, Shvarsenegger AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp siyosiy kursiga qarama-qarshi bo‘lgan dasturni taklif etishi ehtimoli bor.
Aktyorning rasmiy vakili Daniela Ketchell esa “Biz bu maqsadga erishish uchun barcha variantlarni ko‘rib chiqamiz” deya ma’lum qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar