date

Habib Nurmagomedov Rossiyadan chiqdi: Dubayda katta biznesni yo‘lga qo‘ydi

Habib Nurmagomedov Rossiyadan chiqdi: Dubayda katta biznesni yo‘lga qo‘ydi
Habib Nurmagomedov sportdagi shonli sahifasini yopganidan keyin tadbirkorlik maydonida ham o‘z yo‘lini topa oldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u Rossiyadagi biznes aktivlaridan bosqichma-bosqich chiqib, asosiy sarmoya va e’tiborini Birlashgan Arab Amirliklaridagi loyihalariga qaratmoqda.

Qayd etilishicha, sobiq jangchi xorijda muvaffaqiyatli biznesmen sifatida shakllanib, yiliga qariyb 50 mln dollarga yaqin daromad qilayotgani aytilmoqda. Bunday raqamlar, albatta, ko‘pchilikni hayratga soladi: kecha oktagonda raqiblarni yenggan Habib bugun moliya va loyihalar “ringi”da harakat qilyapti.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan yili Nurmagomedov Rossiyada yakka tartibdagi tadbirkor (YATT) sifatidagi faoliyatini to‘xtatgan. U avvalroq soliq hisobdorligi bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan, biroq keyinchalik barcha qarzlarini to‘lab, hisob raqamlarini yopgani keltirilmoqda.

2021 yildan boshlab Habib bir qator tashkilotlardagi ishtirokini ham yakunlagan. Ular orasida o‘z nomidagi xayriya fondi, «Rossi» jamg‘armasi, «Xikmit Travel» turagentligi (2022 yilda tugatilgan) va «Sildi» kiyim brendi bor. Shuningdek, u «Perviy mobilniy» provayderi muassislari safidan ham chiqqan.

Yana bir e’tiborli jihat: Nurmagomedov Eagles jangchilar klubini Ziyavudin Magomedovga topshirgan. Manbalarga ko‘ra, ushbu tashkilotning 16 ta hisob raqami soliq to‘lovlari bo‘yicha qoidabuzarliklar sababli bloklangani aytiladi.

Biroq Habib uchun asosiy “o‘sish nuqtasi” aynan BAAda ko‘rinayotgani ta’kidlanmoqda. U yerda uning tadbirkorlik faoliyati aksincha kengayib bormoqda:

  • KHABIB GYM: yillik aylanmasi 6 mln dollargacha yetadi, deb baholanayotgan fitnes tarmog‘i ishga tushirilgan.
  • EAGLE FC: Gorilla FC promoushenini 1 mln dollarga sotib olib, loyihani qayta ishga tushirgan.
  • Yangi yo‘nalishlar: MultiBank Group bilan hamkorlikda Dubayda katta aylanmaga ega sport va texnologiya ekotizimini barpo etish uchun qo‘shma korxona tashkil etilgani aytilmoqda.

Shu tarzda, hozirda Nurmagomedovning Amirliklardagi umumiy yillik daromadi taxminan 46–50 mln dollar atrofida baholanmoqda.

Xulosa qilib aytganda, Habib “ringdan keyin hayot bormi?” degan savolga amalda javob beryapti: u biznesda ham katta o‘yinga kirib, geografiyani ham, yo‘nalishni ham o‘zgartiryapti. Endi muxlislar uchun qizig‘i — bu sur’atda u navbatda yana qanday loyihalarni “restart” qilishi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Habib Nurmagomedov Rossiyadan chiqdi: Dubayda katta biznesni yo‘lga qo‘ydi