date

Sadir Japarov hokimiyat almashishi haqidagi mish-mishlarga javob berdi

Sadir Japarov hokimiyat almashishi haqidagi mish-mishlarga javob berdi
Qirg‘iziston Respublikasida hokimiyatni zo‘ravonlik yo‘li bilan o‘zgartirish uchun hech qanday asos yo‘q. Bu haqda davlat rahbari Sadir Japarov “Kabar” davlat axborot agentligi vakillari bilan suhbat chog‘ida ma’lum qildi.

Prezident mish-mishlar va turli taxminlarga aniq munosabat bildirdi: “Hech qanday to‘ntarish yoki shunga o‘xshash narsa bo‘lmaydi. Birinchidan, qonun buni nazarda tutmaydi, ikkinchidan, bunday vaziyat mavjud emas”, — dedi u.

Bu bayonotlar fonsiz aytilgani yo‘q. Eslatib o‘tamiz, 10 fevral kuni Sadir Japarov o‘zining uzoq yillik yaqin safdoshi hisoblangan, Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari hamda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari bo‘lgan Qamchibek Tashiyevni lavozimidan ozod qilgan edi.

Shundan keyin Bishkekda siyosiy maydon “qimirlab” ketdi: parlament spikeri Nurlanbek Turgunbek uulu iste’foga chiqdi, ayrim lavozimlarda ham o‘zgarishlar kuzatildi.

Qisqasi, kadrlar almashinuvi katta bo‘lyapti, lekin Japarovning pozitsiyasi ravshan: mamlakatda keskin ssenariylarga “zamin” yo‘q. Endi asosiy intriga — bu o‘zgarishlardan keyin tizim qanday qayta yig‘iladi va siyosiy barqarorlikni qay tarzda ushlab turadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Sadir Japarov hokimiyat almashishi haqidagi mish-mishlarga javob berdi