date

Qirg‘izistonda bir kunda uch vazir rasman iste'foga chiqarildi

Qirg‘izistonda bir kunda uch vazir rasman iste'foga chiqarildi

Qirg‘izistonda bir kunda bir yo‘la uch nafar vazir lavozimidan ozod etildi. Joriy yil 16 fevral kuni mamlakat prezidenti — Sadir Japarov tomonidan tegishli farmonlar imzolandi.

Qabul qilingan qarorlarga muvofiq, transport va kommunikatsiyalar vaziri Absattar Sirg‘aboyev lavozimidan chetlatildi. Ushbu vazirlik rahbari vazifasini vaqtincha bajarish Talantbek Soltobayev zimmasiga yuklatildi.

Shuningdek, tabiiy resurslar, ekologiya va texnik nazorat vaziri Meder Mashiyev ham iste’foga chiqdi. Uning o‘rniga vazir vazifasini bajaruvchi etib Aqil Toktobayev tayinlandi.

Bundan tashqari, favqulodda vaziyatlar vaziri Boobek Ajikeyev ham o‘z lavozimidan ozod qilindi. Mazkur lavozimga vaqtincha rahbar sifatida Urmatbek Shamirkanov tayinlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonda bir kunda uch vazir rasman iste'foga chiqarildi