23:32 / 11.03.2017
6 319

Erdo‘g‘an Niderlandiya rahbariyatini “fashistlar” deb atadi (Video)

Erdo‘g‘an Niderlandiya rahbariyatini “fashistlar” deb atadi (Video)

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Niderlandiya rahbariyatini “nasizm sarqiti” va “fashistlar” deb atadi. U bu haqda Turkiyaning Bag‘jilarida chiqish qilib, ma’lum qilgan, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Shuningdek Turkiya rahbari mamlakat rahbariyatini “qo‘rqoq” deb ham atadi.

Erdo‘g‘an bunday bayonot bilan Niderlandiya hukumati Turkiya TIV rahbari Mevlud Chavusho‘g‘liga mamlakatga uchib kelishni taqiqlaganidan so‘ng chiqqan.

“Ko‘ramiz, Gollandiya, endi sening samolyotlaring Turkiyaga qanday uchar ekan. Men oddiy fuqarolar haqida emas, balki diplomatlar haqida gapirmoqdaman”, - deya Turkiya prezidentining so‘zlaridan iqtibos keltirdi TASS.

Uning qo‘shimcha qilishicha, “Gollandiya qancha istasa, shuncha terrorchilarni boqishi mumkin”, biroq oxir-oqibat bularning bari unga zarba bo‘lib tushadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘an Niderlandiya rahbariyatini “fashistlar” deb atadi (Video)