00:00 / 13.03.2017
7 644

Yaponiyada fil hayvonot bog‘i xodimini xartumi bilan urib, o‘ldirib qo‘ydi

Yaponiyada fil hayvonot bog‘i xodimini xartumi bilan urib, o‘ldirib qo‘ydi

Yaponiyaning Vakayama prefekturasidagi Adventure World hayvonot bog‘i fili xartumi bilan xodimni urib, o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda «TASS»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, Tailand fuqarosi bo‘lgan shaxs sherigi bilan filni cho‘tka va shlang yordamida yuvintirayotgan bo‘lgan.

Jonivorga nimadir yoqmagan va u xartumi bilan xodimni turtib yuborgan. Xodim boshi bilan metall to‘siqqa urilib, jon berdi.

Huquq-tartibot idoralari yuz bergan hodisa tafsilotlarini o‘rganmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyada fil hayvonot bog‘i xodimini xartumi bilan urib, o‘ldirib qo‘ydi