9 484
Keniyalik erkak Obamaning qizi qo‘lini so‘rab, evaziga 70 ta qo‘y va 50 ta sigir bermoqchi
Keniyalik huquqshunos Feliks Kiprono AQSh prezidenti Barak Obamaning to‘ng‘ich qizi Maliyaga uylanishni istashini va qalin sifatida 70 ta qo‘y, 50 ta sigir va 30 ta echki berishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda «RIA Novosti»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.
Kiprono Obama iyul oyida Keniyaga tashrif buyurganida uning qiziga turmush qurish taklifini bildirmoqchi. «Hozir men Obamaga xat yozmoqdaman, unda prezidentdan Maliyani Keniyaga o‘zi bilan olib kelishini so‘rayman», — dedi u.
Erkakning ta’kidlashicha, uning Barak Obamaning qiziga bo‘lgan muhabbati «chin» va Amerika prezidenti oilasining boyligiga hech qanday aloqasi yo‘q.
«Men Maliyaga bu erdagi ayollar bajaradigan ro‘zg‘or yumushlarini — sigir sog‘ish, makkajo‘xoridan bo‘tqa pishirish, qatiq tayyorlashni o‘zim o‘rgataman», — deya qo‘shib qo‘ydi Feliks Kiprono. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Superliga. "Neftchi" bir kishi kam bo‘lib qolgan "Nasaf"ni mag‘lub etdi
Peskov maxsus harbiy operatsiya qachon tugashini aytdi
JCH-2026 saralashi. Indoneziya Saudiya Arabistonini sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchratdi