
Meksikaning Guanaxuato shtati Salamanka shahrida Pemex neft kompaniyasining yonilg‘i saqlash va tarqatish terminalida ro‘y bergan portlash oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, deb yozadi Kun nashri.
Portlash chorshanba kuni ro‘y berdi. O‘shanda Pemex sakkiz ishchi jarohat olgani haqida xabar bergandi.
"Afsuski, kecha (chorshanba) halok bo‘lgan xodimdan tashqari, Pemex’ning yana bir ishchisi va xususiy kompaniyaning ikki xodimi bugun (payshanba kuni) vafot etdi", - deyiladi Pemex’ning Twitter’dagi xabarida.
Jarohat olgan yana to‘rt kishi kasalxonada qolmoqda.
Korxonada mutaxassislar ish olib bormoqda, portlash sabablari aniqlashtirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar