6 ta sirli ombor: Epshteyn izlarini aslida qayerga berkitdi

Jeffri Epshteyn tergovchilardan yashirish mumkin bo‘lgan dalillar — kompyuterlar, suratlar va boshqa materiallarni saqlash uchun AQSh bo‘ylab kamida 6 ta omborxonani ijaraga olgan.
Nashr qo‘lga kiritgan hujjatlarda aytilishicha, u Floridadagi uyidan jihozlar va texnikalarni chiqarish uchun hatto xususiy detektivlarni ham yollagan. Bu holat Epshteyn ehtimoliy tintuvlar oldidan “iz qoldirmaslik”ka urinib, ayrim buyumlarni tashqi omborlarga ko‘chirgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.
2003 yildan 2019 yilgacha to‘lovlar to‘xtamagan
The Telegraph’da keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Epshteyn kamida bitta omborni 2003 yildan ijaraga olgan, kredit karta kvitansiyalari esa omborlar uchun to‘lovlar 2019 yilgacha — uning vafot etgan yiliga qadar — muntazam amalga oshirilganini ko‘rsatadi.
Eng ko‘p bahs qilayotgan nuqta: AQSh rasmiylari bu tashqi omborlarni tekshirmagan bo‘lishi mumkin. Shu sabab ham u yerda hali ochilmagan, ommaga chiqmagan materiallar qolgan bo‘lishi ehtimoli haqidagi gap-so‘zlar kuchayapti.
DOJ katta paket chiqardi, lekin savollar qoldi
Bu mavzuda jamoatchilik e’tibori yanada oshgani ham bejiz emas. U.S. Department of Justice 2025 yil oxirida qabul qilingan hujjatlar oshkoraligiga oid qonun talablari asosida 2026 yil 30 yanvar kuni katta hajmdagi materiallarni e’lon qilganini bildirgan — umumiy hisobda deyarli 3,5 million sahifagacha yetishi aytilgan.
Shu fon ortida The Telegraph aytgan “omborlar” masalasi yana bir savolni o‘rtaga qo‘yapti: agar tashqi omborlarda haqiqatan ham avvalgi yillarga oid materiallar saqlangan bo‘lsa, ular umumiy e’lon qilingan paketlarga kirganmi-yo‘qmi? Hozircha bu bo‘yicha aniq javob yo‘q.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!