date

Yaqin Sharqda logistika izdan chiqdi — Bloomberg

Yaqin Sharqda logistika izdan chiqdi — Bloomberg

Yaqin Sharq mintaqasida xavfsizlik bilan bog‘liq keskin vaziyat ortidan xalqaro logistika tizimida jiddiy uzilishlar kuzatilmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, mintaqa uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan eng yirik konteyner terminallaridan biri — Jebel Ali porti faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Ushbu qaror mintaqadagi xavf-xatarlar va transport xavfsizligi bilan bog‘liq holatlar fonida qabul qilingani aytilmoqda.

Shu bilan birga, dunyodagi eng yirik dengiz yuk tashuvchi kompaniyalaridan biri bo‘lgan MSC Mediterranean Shipping Company Yaqin Sharq yo‘nalishiga yuklar uchun bron qilishni to‘liq to‘xtatganini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, yirik xalqaro logistika operatorlari — A.P. Moller-Maersk hamda Hapag-Lloyd kompaniyalari Hurmuz bo‘g‘ozi orqali barcha yuk qatnovlarini vaqtincha bekor qildi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, logistika zanjirlaridagi bunday to‘xtalishlar savdo aylanmasi, xalqaro transport, turizm va moliya sohalariga tayanadigan yirik biznes markazlari uchun katta xavf tug‘dirmoqda. Ayniqsa, mintaqaning asosiy iqtisodiy va moliyaviy markazlaridan biri hisoblangan Dubay uchun ushbu holat jiddiy iqtisodiy zarba sifatida baholanmoqda.

Qayd etilishicha, Yaqin Sharq hududi ilgari xalqaro yuk tashish va tranzit uchun nisbatan xavfsiz va barqaror makon sifatida qaralar edi. Ammo hozirgi keskin vaziyat fondida mintaqa orqali o‘tadigan asosiy dengiz va logistika yo‘laklarining taqdiri noaniq bo‘lib qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Yaqin Sharqda logistika izdan chiqdi — Bloomberg