date

Eron dronidan Rossiya texnologiyasi topildi (video)

Eron dronidan Rossiya texnologiyasi topildi (video)

Kipr hududida joylashgan Buyuk Britaniyaga qarashli RAF Akrotiri aviabazasini nishonga olgan Eronning Shahed-136 droni qoldiqlari orasidan Rossiyada ishlab chiqilgan «Kometa-M» turidagi radioelektron to‘sqinliklarga qarshi qabul qiluvchi aniqlandi.

Mutaxassislar ma’lum qilishicha, mazkur tizim hozirda Rossiya armiyasi tomonidan qo‘llanilayotgan dron va raketalarda ham keng foydalaniladi. Shu sababli, topilgan uskuna Eron va Rossiya o‘rtasida harbiy texnologiyalar sohasida o‘zaro hamkorlik va ma’lumot almashinuvi mavjud ekanini ko‘rsatadi.

Qayd etilishicha, xuddi shu turdagi qabul qiluvchilar Rossiya tomonidan Ukraina hududida qo‘llanilayotgan zarbali dronlar va raketalarda ham kuzatilgan.

Tahlilchilarning fikricha, ushbu holat Eron dronlarining texnik imkoniyatlari oshirilayotgani hamda ikki davlat o‘rtasida harbiy-sanoat sohasidagi aloqalar chuqurlashayotganidan dalolat beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Eron dronidan Rossiya texnologiyasi topildi (video)