date

Isroil elchisi Eron–AQSH to‘qnashuvi sabablarini ochiq bayon qildi

Isroil elchisi Eron–AQSH to‘qnashuvi sabablarini ochiq bayon qildi

Gideon Lastig — Isroilning O‘zbekistondagi elchisi — mamlakatining nega AQSH bilan birga Eronga qarshi harakat qilayotganiga oydinlik kiritdi.

Elchining ta’kidlashicha, so‘nggi bir yil davomida Eron o‘z yadroviy salohiyatini jadal oshirish, shuningdek, ballistik raketalar ishlab chiqarish hajmini kengaytirish ustida uzluksiz ish olib borgan. Shu bilan birga, mazkur harbiy imkoniyatlar maxsus yer osti inshootlariga ko‘chirilmoqda. Bu obyektlar zarba berish qiyin bo‘lgan, yuqori darajada himoyalangan va deyarli daxlsiz hududlar hisoblanadi.

Gideon Lastigning aytishicha, oxirgi 48 soat ichida Eron o‘zining raketa salohiyatidan faqat Isroilga qarshi emas, balki mintaqa mamlakatlariga nisbatan ham foydalangan. Xususan, Fors ko‘rfazida joylashgan arab davlatlari ham nishonga olingan.

«So‘nggi ikki kun ichida Eron kamida yetti davlatga zarba berdi. Bu esa ushbu raketa imkoniyatlarining real tahdid ekanini ochiq ko‘rsatib turibdi», — dedi elchi.

Shuningdek, u vaziyatga Hizbulloh ham qo‘shilganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Livanda faoliyat yurituvchi ushbu guruh Isroilga qarshi hujum uyushtirishga qaror qilgan.

«Afsuski, Livandagi Hizbulloh o‘zini Livan xalqining himoyachisi sifatida ko‘rsatsa-da, aslida u Erondagi oyatullohlar rejimi qo‘lidagi vosita, ya’ni siyosiy va harbiy qurol vazifasini bajarmoqda», — dedi Isroil elchisi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Isroil elchisi Eron–AQSH to‘qnashuvi sabablarini ochiq bayon qildi