date

O'zbekistondagi yuqori talab Qozog'istonda go'sht narxini oshirdi

O'zbekistondagi yuqori talab Qozog'istonda go'sht narxini oshirdi

Qozog'istondan O'zbekistonga go'sht eksport qilinishi qo'shni davlatning ichki bozoridagi mol go'shti narxiga o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. Bu haqda 6 mart kuni Qozog'iston Qishloq xo'jaligi vaziri o'rinbosari Yerbol Tasjurekov ma'lum qildi.

Vazir o'rinbosarining so'zlariga ko'ra, Qozog'iston o'z aholisi iste'mol qiladiganidan ko'ra ko'proq go'sht yetishtiradi. O'tgan yili mamlakatda 430 ming tonna mol go'shti ishlab chiqarilgan bo'lsa, ichki ehtiyoj 400 ming tonnani tashkil etgan. Natijada qariyb 30 ming tonna go'shtni chetga sotish imkoniyati paydo bo'lgan.

Tasjurekov ichki bozorda go'sht narxining qimmatlashishini xorijda, xususan, O'zbekistonda qozoq go'shtiga bo'lgan talabning yuqoriligi bilan izohladi. Uning ta'kidlashicha, O'zbekistonga eksport hajmi juda katta. Bunga sabab qo'shni davlatda go'sht mahsulotlariga talab yuqori va u yerdagi narxlar Qozog'iston ichki bozoridagidan ancha baland.

Shunday qilib, iqtisodiy jihatdan foydaliroq bo'lgani uchun ishlab chiqaruvchilar ko'pincha o'z mahsulotlarini eksport qilishni afzal ko'rishmoqda. Kelgusida chorvachilikni rivojlantirish bo'yicha yangi kompleks reja amalga oshirilishi kutilmoqda. Bu dastur ham ichki bozorni arzon go'sht bilan ta'minlashga, ham xorijga eksport hajmini yanada oshirishga xizmat qilishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » O'zbekistondagi yuqori talab Qozog'istonda go'sht narxini oshirdi