Telegraph: Mujtabaning qattiq pozitsiyasiga shaxsiy fojea sabab

Britaniyaning nufuzli nashrlaridan biri — The Daily Telegraph Eron siyosiy sahnasida tilga olinayotgan shaxslardan biri — Mujtaba haqida yangi ma’lumotlarni keltirdi.
Nashr ta’kidlashicha, Mujtabaning AQSHga nisbatan keskin munosabati va murosasiz pozitsiyasiga uning shaxsiy hayotidagi og‘ir fojea sabab bo‘lgan. Xabarga ko‘ra, urush boshlangan kun — 28 fevraldagi havo hujumi vaqtida uning oilasi katta yo‘qotishga uchragan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha kungi zarba natijasida uning otasi, onasi, rafiqasi va kamida bir farzandi halok bo‘lgan. Shu boisdan Mujtabaning AQSHga nisbatan qattiq nafrat tuyg‘usi shakllangani va u har qanday bosimga qaramay ortga chekinmasligi aytilmoqda.
Nashr manbalariga ko‘ra, aynan shu shaxsiy fojea uning siyosiy qarashlariga ham kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Shu sababli ayrim tahlilchilar Mujtabaning ehtimoliy rahbarligi avvalgisidan ham qat’iy va murosasiz bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!