date

Dunyoning eng xushmuomala xalqi qaysi ekani ma’lum bo‘ldi

Dunyoning eng xushmuomala xalqi qaysi ekani ma’lum bo‘ldi

Birlashgan Qirollikning Remitly kompaniyasi 26 mamlakatdan 4600 dan ortiq respondent ishtirokida xalqaro xushmuomalalik tadqiqotini o‘tkazdi. Unda ishtirokchilar o‘z shaxsiy tajribalari asosida dunyodagi eng xushmuomala xalqlarni aniqlashga harakat qilishdi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Yaponiya 35,15% ovoz bilan birinchi o‘rinni egalladi. Shu bilan birga, Kanada va Buyuk Britaniya ham kuchli uchlikka kirdi. Eng xushmuomala davlatlar qatoriga shuningdek, Xitoy, Germaniya, Filippin, Shvetsiya, Daniya, Finlandiya va Janubiy Afrika ham kirdi.

Qiziqarli jihat shundaki, odamlarning o‘zini o‘zi baholashi va boshqalar tomonidan baholanishi ko‘pincha mos kelmaydi. Masalan, Braziliya va Chili aholisi o‘zlarini eng xushmuomala deb hisoblab, o‘rtacha 9,46 ball bergan bo‘lsa, birinchi o‘rinni egallagan Yaponiya esa o‘zini past baholagan.

Tadqiqot mualliflari ta’kidlashicha, insonlar ko‘pincha tashqi idrokdagi farqlarga qaramay, o‘zlarini yuqori baholashadi. Shu bilan birga, xalqaro reyting boshqa millatlarning ob’yektiv baholarini ham aks ettiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoning eng xushmuomala xalqi qaysi ekani ma’lum bo‘ldi