Har 500 mingta chigirtkadan bittasi: ayol pushti chigirtka topib olib barchani hayratlantirdi

Har 500 mingta chigirtkadan bittasi: ayol pushti chigirtka topib olib barchani hayratlantirdi

Buyuk Britaniyadagi xonadonlardan birida noodatiy holat kuzatildi. U yerda yashovchi ayol o‘z bog‘ida bir vaqtning o‘zida 6 ta pushti chigirtkani uchratib qolgan.

Odatda chigirtkalar yashil yoki jigarrang tusda bo‘ladi. Pushti rang esa kam uchraydigan genetik o‘zgarish natijasida paydo bo‘ladi. Mutaxassislar bu holatni erirtizm deb ataydi.

Erirtizm vaqtida organizmda rang pigmentlari odatdagidan boshqacha shakllanadi. Shu sabab hasharot tanasida pushti yoki qizg‘ish tus ko‘rinadi.

Bunday chigirtkalar tabiatda juda kam uchraydi. Aytilishicha, har 500 mingta chigirtkadan bittasi shunday rangda dunyoga kelishi mumkin.

Shu bois bir bog‘ning o‘zida 6 ta pushti chigirtkaning paydo bo‘lishi ko‘pchilikni qiziqtirdi. Mutaxassislar bunday hasharotlar yorqin rangi tufayli tabiiy muhitda yashirinishi qiyinroq bo‘lishini ham ta’kidlaydi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar