Xitoyda uy hayvonlari uchun yangi telekanal ochildi

1 daqiqa o'qish161
Xitoyda uy hayvonlari uchun yangi telekanal ochildi

Xitoyning yirik texnologik gigantlaridan biri “Tencent” uy hayvonlari e’tiboriga mo‘ljallangan yangi telekanal “Pet.TV”ni ishga tushirdi. Bu haqda REN TV ma’lumot berdi.

Ma’lum qilishlaricha, “Pet.TV” Tencentning video platformasi orqali doimiy, 24 soat davomida efirga uzatiladi. Kanalni tomosha qilish uchun obuna zarur bo‘lib, oylik narxi 25 yuan (taxminan 44 000 so‘m)ni tashkil etadi.

Kanalda Tencent tomonidan tayyorlangan videolar bilan birga AQShdagi “Dog.TV” platformasining kontentlari ham joy oladi. Kompaniya vakillari ta’kidlashicha, barcha videolar uy hayvonlarining ko‘rish va eshitish qobiliyatlari hisobga olingan holda tayyorlangan. Unda maxsus ranglar kombinatsiyasi, kadrlar tezligi va audio chastotalar e’tiborga olingan.

Bundan tashqari, videolar hayvonlar zotiga qarab bir necha toifaga ajratilgan. Masalan, ayrim videolar ma’lum zotdagi itlar uchun alohida moslashtirilgan.

Shu tariqa, Pet.TV uy hayvonlari sohasidagi eng zamonaviy va ixtisoslashgan telekanal sifatida taniladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?