date

Xitoy yangi dronni taqdim etdi (video)

Xitoy yangi dronni taqdim etdi (video)

Xitoy texnologiya sohasidagi navbatdagi yutug‘ini namoyish qildi. Mamlakatda yangi avlodga mansub, og‘ir yuk ko‘tarishga mo‘ljallangan vertolyot tipidagi dron omma e’tiboriga taqdim etildi.

Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, mazkur uchuvchisiz apparat 600 kilogrammgacha bo‘lgan yukni bemalol tashish imkoniyatiga ega. Bu esa uning logistika va maxsus operatsiyalardagi ahamiyatini yanada oshiradi.

Yangi dron, asosan, yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarda foydalanish uchun ishlab chiqilgan. Jumladan, tog‘li joylar, tabiiy ofatlar sodir bo‘lgan hududlar hamda jangovar sharoitlarda yuk yetkazishda samarali yechim sifatida ko‘rilmoqda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu kabi texnologiyalar kelajakda nafaqat harbiy sohada, balki qutqaruv va gumanitar operatsiyalarda ham keng qo‘llanilishi mumkin. Yangi dron inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan hududlarda ishonchli va tezkor yordam vositasiga aylanishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy yangi dronni taqdim etdi (video)