date

Tramp bayonotidan so‘ng Makron javob qaytardi va keskin tanqid qildi

Tramp bayonotidan so‘ng Makron javob qaytardi va keskin tanqid qildi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQSH rahbari Donald Tramp tomonidan aytilgan bahsli fikrlar ortidan jamoatchilik e’tiborida qolmoqda. Xususan, Trampning “Makron hali ham xotinining zarbasidan o‘ziga kelmagan” degan keskin va shov-shuvli bayonoti katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Shundan so‘ng Makron samolyotdan tushar ekan, rafiqasining qo‘lini ushlab chiqqan holati kuzatildi. Bu holat ayrimlar tomonidan ramziy javob sifatida baholandi.

Fransiya rahbari shuningdek, Trampning xalqaro siyosatga oid chiqishlarini ham tanqid qildi. Ayniqsa, Hormuz bo‘g‘ozi atrofidagi vaziyat yuzasidan bildirilgan fikrlarni u izchil emas deb hisoblaydi.

“Agar siz haqiqiy siyosatchi bo‘lsangiz, har kuni turlicha bayonot bermasligingiz kerak. Kecha aytgan gapingiz bugungisiga mos kelishi lozim. Eng muhimi, amaliy harakat qilish, keskinlikni pasaytirish va uzoq muddatli tinchlikka erishishdir”, — dedi Makron.

Shu bilan birga, Fransiya prezidenti rasmiy tashrif bilan Janubiy Koreyaga yetib borgani ma’lum qilindi. Safar doirasida qator muhim uchrashuvlar o‘tkazilishi kutilmoqda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu kabi bayonotlar xalqaro siyosiy maydondagi keskinlikni yanada oshirishi va yetakchilar o‘rtasidagi munosabatlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tramp bayonotidan so‘ng Makron javob qaytardi va keskin tanqid qildi