date

AQSH–Eron muzokaralari boshlandi: Tehron “qizil chiziqlar”ni ochiqladi

AQSH–Eron muzokaralari boshlandi: Tehron “qizil chiziqlar”ni ochiqladi

Yaqin Sharqdagi murakkab siyosiy vaziyat fonida AQSH va Eron o‘rtasida bilvosita muzokaralarning ilk bosqichi o‘tkazildi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, tomonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki vositachi orqali muloqot olib borgan. Xususan, Shahboz Sharif boshchiligidagi Pokiston tomoni vositachilik qilgan. Eron va AQSH delegatsiyalari u bilan alohida-alohida uchrashuvlar o‘tkazgan. Hozircha ikki davlat o‘rtasida bevosita muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilmagani aytilmoqda.

Shu bilan birga, IRIB ma’lumotiga ko‘ra, Tehron vositachi tomon orqali AQSH bilan muzokaralar uchun o‘zining qat’iy “qizil chiziqlar” ro‘yxatini taqdim etgan.

Unga quyidagi asosiy talablar kiritilgan:

- Hormuz bo‘g‘ozi ustidan Eronning to‘liq suveren nazoratini tan olish;

- urush oqibatlari uchun tovon puli to‘lash;

- Eronning xorijdagi muzlatilgan aktivlarini ozod qilish;

- mintaqada keng qamrovli va uzoq muddatli tinchlikni ta’minlash.

Ma’lum qilinishicha, Eron ushbu shartlarni yakuniy kelishuv uchun muhim va majburiy deb hisoblamoqda. Tahlilchilarga ko‘ra, mazkur talablar muzokaralar jarayonini murakkablashtirishi mumkin, biroq ular Tehronning pozitsiyasini aniq ifodalaydi.

Hozircha AQSH tomoni ushbu shartlarga rasmiy munosabat bildirmagan. Shu bilan birga, muzokaralarning davom etishi mintaqadagi barqarorlik va xavfsizlik masalalarida muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQSH–Eron muzokaralari boshlandi: Tehron “qizil chiziqlar”ni ochiqladi