date

Eron portlari blokadasi ortidan neft narxi keskin oshdi

Eron portlari blokadasi ortidan neft narxi keskin oshdi

13 aprel kuni Donald Tramp tomonidan Eron portlarini blokadaga olish bo‘yicha berilgan buyruqdan so‘ng jahon bozorida neft narxi keskin ko‘tarildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, global etalon hisoblangan Brent nefti narxi 7 foizdan ortiq oshib, bir barrel uchun 100 dollardan yuqoriga chiqdi. Ayrim savdolarda esa narx 7,5 foizga oshib, 103 dollarga yaqinlashgani qayd etilgan.

AQSH Markaziy qo‘mondonligi 12 aprel kuni kechqurun Eron portlariga harbiy blokada joriy etilishini ma’lum qilgan. Ushbu cheklovlar Eron portlariga kiruvchi va undan chiquvchi barcha dengiz transportlariga taalluqli bo‘lib, Fors va Ummon ko‘rfazidagi harakatlarga ham ta’sir ko‘rsatmoqda.

Shu bilan birga, Tramp Truth Social tarmog‘idagi bayonotida Hormuz bo‘g‘ozi orqali harakatlanayotgan kemalarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishini ta’kidlagan. Unga ko‘ra, AQSH harbiy-dengiz kuchlari hududdagi nazoratni kuchaytirib, har qanday tahdidlarga keskin javob qaytaradi.

Mutaxassislar fikricha, ushbu keskin vaziyat global energetika bozorida beqarorlikni kuchaytirib, narxlarning yana oshishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Eron portlari blokadasi ortidan neft narxi keskin oshdi