AQSH Eron aviatsiyasiga ham sanksiya qoʻlladi

AQSh Eronning aviatsiya sohasiga qarshi yangi sanksiyalar joriy etdi. Bu cheklovlar sakkiz nafar Eron fuqarosi va Eron hamda BAAda faoliyat yurituvchi to'rtta kompaniyaga taalluqlidir. Shuningdek, Mahan Air aviakompaniyasiga tegishli ikkita Boeing samolyoti ham sanksiyalar ro'yxatiga kiritilgan.
AQSH Moliya vazirligi Eronga nisbatan amal qilib kelayotgan sanksiyalarni yanada kengaytirganini maʼlum qildi.
Bu haqda Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) rasmiy bayonot berdi.
Qayd etilishicha, yangi cheklovlar sakkiz nafar Eron fuqarosiga, shuningdek Eron va BAAda faoliyat yurituvchi toʻrtta kompaniyaga nisbatan joriy etilgan.
Bundan tashqari, Mahan Air aviakompaniyasiga tegishli boʻlgan ikkita Boeing 777-200ER samolyoti ham sanksiya doirasiga kiritilgan.































Izohlar 0
…