Trampga suiqasd qilishga uringan shaxsga ayblov qoʻyildi

AQShda o'qituvchi bo'lib ishlagan Ko'l Allen Prezident Donald Trampga suiqasd qilishga uringanlikda ayblandi. U shuningdek, o'qotar quroldan foydalanish va jinoiy maqsadda qurolni shtatlar o'rtasida olib o'tish kabi moddalarda ham ayblanmoqda. Agar sud uni suiqasdda aybdor deb topsa, umrbod qamoq jazosi berilishi mumkin. Allen barcha ayblovlarni inkor etmoqda va u voqea joyida qo'lga olingan.
AQShda oʻqituvchi boʻlib ishlagan Koul Allenga Prezident Donald Trampga suiqasd qilishga harakat qilganlik aybi qoʻyildi. Bu haqda BBC nashri maʼlum qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, u shuningdek jinoyat sodir etishda oʻqotar quroldan foydalanish va ogʻir jinoyatni amalga oshirish maqsadida qurolni shtatlar orasida olib oʻtish kabi moddalar boʻyicha ham ayblanmoqda. Ushbu ayblovlar doirasida unga 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilish jazosi tahdid solmoqda. Agar sud uni Prezidentga suiqasd qilishda aybdor deb topsa, unga umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. Hozircha Allen oʻzgacha aytganda barcha ayblovlarni inkor etmoqda.
Prokuratura bergan maʼlumotlarga qaraganda, u hujumni amalga oshirish maqsadida bir nechta shtat hududlarini kesib oʻtgan. Uning yonidan 12 kalibrli pompali miltiq, uchta pichoq hamda boshqa qurol-anjomlar aniqlangan.
Eslatib oʻtamiz, mazkur voqea 26 aprelga oʻtar kechasi Washington Hilton mehmonxonasining banket zalida sodir boʻlgan. 31 yoshli, Kaliforniyada istiqomat qiluvchi oʻqituvchi Allen mehmonxonada xona band qilib, zal kirish qismida AQSH Maxfiy xizmati xodimiga qarata oʻq uzgan. U voqea joyining oʻzidayoq qoʻlga olingan.
Keyinchalik Tramp ushbu hujum Eron bilan bogʻliq emasligi ehtimolini bildirgan.





























Izohlar 0
…