08:54 / 07.04.2017
6 642

Putin Idlib voqeasi bo‘yicha asossiz ayblamaslikni so‘radi

Putin Idlib voqeasi bo‘yicha asossiz ayblamaslikni so‘radi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan telefon muloqoti vaqtida Idlib voqeasini gaplashdi. Kreml matbuot xizmati xabariga ko‘ra, u muloqot chog‘ida tekshiruvlar yakunlanmaguniga qadar qaysidir tomonni kimyoviy qurol qo‘llashda ayblamaslik kerakligini qayd etgan, deb yozadi "Kun.uz" nashri.

"Suriyaning Idlib viloyatida 4 aprel kuni ro‘y bergan hodisa bo‘yicha fikrlar almashildi. Vladimir Putin xalqaro miqyosda jiddiy tekshiruvlar o‘tkazilib, natijalar olinmagunicha, qaysidir tomonni kimyoviy qurol qo‘llashda ayblamaslik kerakligini qayd etib o‘tdi", deyilgan xabarda.

4 aprel kuni Londonda joylashgan Suriya inson huquqlari monitoringi markazi Xan-Shayxunga zaharli gaz to‘ldirilgani taxmin qilingan bombalar tashlangani, buning oqibatida kamida 100 kishi, shu jumladan o‘nlab nafar bola ham halok bo‘lgani haqida xabar qilgan edi. Shuningdek, 500 kishi zaharlangan holda shifoxonaga yotqizilgan.

Muxolifat ushbu hujum Suriya hukumati tomonidan sodir etilganini iddao qildi. Bashar Asada hukumati esa ayblovlarni rad etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Idlib voqeasi bo‘yicha asossiz ayblamaslikni so‘radi