Janubiy Sudanda samolyot halokatida barcha yoʻlovchilar halok boʻldi

Janubiy Sudanda yoʻlovchi samolyoti halokatga uchrab, undagi barcha 14 kishi halok boʻldi. Mamlakat Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi maʼlumotiga koʻra, fojia Juba shahri yaqinida sodir boʻlgan.
CityLink Aviation kompaniyasiga tegishli Cessna 208 Caravan samolyoti Yey shahridan Jubaga yoʻl olgan edi. Parvoz boshlanganidan taxminan 30 daqiqa oʻtgach, samolyot bilan aloqa uzilgan va u poytaxtdan 20 kilometr masofada qulagan.
Bortda 13 nafar yoʻlovchi va bir nafar uchuvchi boʻlgan. Ular orasida 12 nafar Janubiy Sudan va ikki nafar Keniya fuqarosi bor edi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, halokat natijasida barcha yoʻlovchilar vafot etgan.
Dastlabki taxminlarga koʻra, fojiaga yomon ob-havo va koʻrinishning pastligi sabab boʻlgan boʻlishi mumkin. Ayni paytda voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!