21:28 / 07.04.2017
6 117

«Biz hujumga yo‘liqdik». Shvesiya bosh vaziri hodisani terakt sifatida baholadi


Shvesiya bosh vaziri Stefan Lyoven mamlakat poytaxti Stokholm shahrida odamlar ustiga yuk mashinasi yurib borishi bilan bog‘liq qonli hodisani terakt sifatida baholadi, deb yozadi "Kun.uz" nashri.

«Shvesiya hujumga uchradi. Hodisaning barcha jihatlari bu terroristik hujum bo‘lganini ko‘rsatmoqda», — degan u matbuot anjumani vaqtida.

Bugun Shvesiya poytaxti markazidagi ko‘chalardan birida yuk mashinasi odamlarni bosib yurdi. Voqea joyida qoldirib ketilgan yuk mashinasi o‘g‘irlangani ma’lum bo‘ldi.

Oxirgi xabarlarga ko‘ra, 3 kishi ushbu hujum qurboniga aylangan. Jarohatlanganlar soni 10ga yaqin.

Ushbu hodisa munosabati bilan Stokholm metrosi va mamlakat parlamenti binosi yopilgan.

Mahalliy shifoxonalar favqulodda rejim holatiga o‘tkazilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Biz hujumga yo‘liqdik». Shvesiya bosh vaziri hodisani terakt sifatida baholadi