Tramp Janubiy Koreyani Hoʻrmuzdagi missiyaga qoʻshilishga chaqirdi

AQSH rahbari Donald Tramp Janubiy Koreyani Hoʻrmuz boʻgʻozidagi harbiy missiyaga qoʻshilishga chaqirdi. Uning taʼkidlashicha, Eron kuchlari mojaro bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan davlatlarga tegishli kemalarga oʻt ochgan va jabr koʻrganlar orasida kamida bitta Janubiy Koreya savdo kemasi ham bor. AQSH kuchlari mazkur voqealar davomida yettita tezyurar qayiqni yoʻq qilgani, biroq boshqa kemalarga jiddiy zarar yetmagani qayd etildi.
AQSH prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreyani Hoʻrmuz boʻgʻozidagi harbiy missiyaga qoʻshilishga chaqirdi. U bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida maʼlum qildi.
Trampning taʼkidlashicha, Eron kuchlari mojaro bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan davlatlarga tegishli kemalarga ham oʻt ochgan. Maʼlum qilinishicha, jabr koʻrganlar orasida kamida bitta Janubiy Koreya savdo kemasi ham bor.
AQSH rahbari bu vaziyat Janubiy Koreya uchun missiyaga qoʻshilish zaruratini koʻrsatayotganini aytdi.
Uning soʻzlariga koʻra, AQSH kuchlari yettita tezyurar qayiqni yoʻq qilgan. Shu bilan birga, boshqa kemalarga jiddiy zarar yetmagani qayd etilgan.
Tramp yaqin kunlarda ushbu masala yuzasidan rasmiy bayonot berilishini ham maʼlum qildi.
Xususan, AQSH mudofaa vaziri va harbiy rahbarlar ishtirokida matbuot anjumani oʻtkazilishi rejalashtirilgan.































Izohlar 0
…