18:00 / 09.04.2017
6 039

Misrdagi portlashda halok bo‘lganlar soni 30 nafarga etdi

Misrdagi portlashda halok bo‘lganlar soni 30 nafarga etdi
Misrning Tanta shahridagi cherkovda ro‘y bergan portlashda qurbonlari soni 30 nafarga etdi. Bu haqida "Al-Mayadin" telekanaliga asoslanib "Kun.uz" xabar berdi.

Bugun, 9 aprel yakshanba kuni Misrning G‘arbiya provinsiyasidagi Tanta shahrida cherkov xizmati vaqtida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlovchi qurilma ibodat qiluvchilar joylashgan zalda bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlash xudkush tomonidan amalga oshirilgan.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, cherkovdagi portlashdan keyin Tantadagi polisiya o‘quv markazida yana bir portlash sodir etilgan. Mahalliy OAVga ko‘ra, u erda bir polisiyachi halok bo‘lgan. Ba’zi ommaviy axborot vositalari esa ikkinchi portlash haqidagi xabarni inkor etmoqda.

Tergovchilar videokuzatuv kameralari yozuvlarini qo‘lga kiritishgan, portlash sodir etilgan hududlar o‘rab olingan. Mamlakat prezidenti Abdul Fattoh As-Sisiy jabrlanganlarni qabul qiluvchi harbiy gospitallar ochish topshirig‘ini berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Misrdagi portlashda halok bo‘lganlar soni 30 nafarga etdi