22:54 / 18.04.2017
8 422

OAV: IShID rahbari al-Bag‘dodiy qo‘lga olingan

OAV: IShID rahbari al-Bag‘dodiy qo‘lga olingan
IShID rahnamosi Abu Bakr al-Bag‘dodiy Mo‘suldan qochib ketayotgan vaqtida, Iroq va Suriya chegarasi hududida qo‘lga tushgan. Bu haqda bir qator arab nashrlarida xabar qilingan deb yozadi Kun nashri. Xabarlar BMT xavfsizlik va axborot qo‘mitasi qoshidagi axborot xizmati boshlig‘i Heytam Abu Saidga asoslangan holda berilgan.

Shu xabarlar bilan bir vaqtda Mo‘sul yaqinida al-Bag‘dodiyning yordamchilaridan biri, Kavkaz amiri laqabi ostidagi Hasbulla al-Kavkaziy o‘ldirilgani haqida aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mart oyi boshida al-Bag‘dodiy tarafdorlariga murojaat qilib, IShID keyingi vaqtlarda jiddiy mag‘lubiyatlarga uchragani haqida ma’lum qilgandi. U jangarilarni yirik shaharlardan chekinish va chekka hududlarda kurashni davom ettirishga chaqirgandi.

Fevral oyi o‘rtasida esa Bag‘dodiy Iroq hududida berilgan aviazarba tufayli jarohatlangani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV: IShID rahbari al-Bag‘dodiy qo‘lga olingan