Qirg‘iziston sun’iy yo‘ldosh interneti mavjud davlatlar safiga qo‘shildi

SpaceX kompaniyasining Starlink sun’iy yo‘ldosh internet xizmati Qirg‘iziston hududida rasman ishga tushdi. Kompaniyaning interaktiv xaritasida mamlakat maqomi “available” — “mavjud” qatoriga qo‘shildi.
Qirg‘iziston hukumati ushbu loyiha orqali avvalo chekka hududlardagi maktablar, shifoxonalar va internet infratuzilmasi yetib bormagan aholi punktlarini yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda.
Markaziy Osiyoda Starlink xizmatini birinchi bo‘lib Qozog‘iston 2025 yil avgust oyida ishga tushirgan edi. Keyinchalik tizim Tojikistonda ham faoliyat boshladi. Endilikda Qirg‘iziston ham sun’iy yo‘ldosh internetidan foydalanayotgan davlatlar qatoriga qo‘shildi.
Avvalroq bosh vazir Abdulla Aripov O‘zbekiston 2026 yilda Starlink’ni sinov tariqasida ishga tushirishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!