11:44 / 23.04.2017
5 442

Yamanda "Al-Qoida"ning bir qator etakchilari qo‘lga olindi

Yamanda "Al-Qoida"ning bir qator etakchilari qo‘lga olindi
Yaman armiyasining aksilterrorchilik bo‘linmasi Yaman janubidagi Xardamaut viloyatida "Arabiston yarimorolidagi Al-Qoida" terrorchilik tarmog‘ining bir necha dala qo‘mondonini qo‘lga olish bo‘yicha operasiya o‘tkazdi. Bu haqda Yaman hukumatini qo‘llab-quvvatlovchi arab koalisiyasi shtabida 22 aprelda ma’lum qilindi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, maxsus kuchlar va koalisiyaning aviasiyasi ishtirokidagi operasiya 22 aprelga o‘tar kechasi amalga oshirilgan. Tezkor harakatlar natijasida tarmoqning bir necha etakchilarini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lingan, ulardan ko‘pchiligi boshqa davlatlardan yollangan jangarilardir. Jangarilar Yaman janubida bir qator teraktlarni amalga oshirmoqchi bo‘lishgan.

Yaman harbiylari qo‘liga tushgan dala qo‘mondonlari orasida "yamanlik az-Zarkaviy" sifatida ma’lum bo‘lgan jangarilar etakchisi ham bo‘lgan. Az-Zarkaviy deyilganda "Al-Qoida"ning Iroqdagi bo‘limi etakchisi, iordaniyalik Abu Musaba az-Zarkaviy nazarda tutilgan. U 2006 yilda yo‘q qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yamanda "Al-Qoida"ning bir qator etakchilari qo‘lga olindi