Sahroi Kabirda suvsizlik 49 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

1 daqiqa o'qish226
Sahroi Kabirda suvsizlik 49 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Niger shimolidagi Sahroi Kabir cho'lida yuk mashinasi buzilib qolgani sababli kamida 49 kishi chanqoqdan halok bo'ldi.
  • Malidagi diniy marosimdan qaytayotgan bu fuqarolar Niger va Jazoir chegarasiga yaqin hududda ekstremal issiqlik va suv yetishmasligi sharoitida qolib ketgan.
  • BBC xabariga ko'ra, faqat ikki nafar yo'lovchi omon qolib, piyoda Assamaka hududiga yetib borgan va rasmiylarga xabar bergan.

Niger shimolidagi Sahroi Kabir cho‘lida yuk mashinasi nosozlikka uchrashi oqibatida kamida 49 kishi chanqoqdan hayotdan ko‘z yumgan. Faqat ikki nafar yo‘lovchi omon qolib, piyoda yurib Assamaka hududiga yetib borgan va rasmiylarga xabar bergan. Bu haqda BBC xabar qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar Malida o‘tkazilgan diniy marosimda ishtirok etib qaytib kelayotgan bo‘lgan. Ular yuk mashinasi orqali Niger va Jazoir chegarasiga yaqin hududdan o‘tayotgan paytda transport vositasi buzilib qolgan va yo‘lda to‘xtab qolgan.

Rasmiylar ma’lum qilishicha, yo‘lovchilar bir necha kun davomida 80 kilometrdan ortiq masofada joylashgan Assamaka chegara punktiga yetib bora olmagan. Ular ekstremal issiqlik va suv yetishmasligi sharoitida qolib ketgan. Haydovchi va yo‘lovchilar mashinani tuzatishga bir necha bor urinib ko‘rishgan, biroq bu harakatlar natija bermagan.

Keyinchalik qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borib, to‘xtab qolgan yuk mashinasi atrofida va uning ostida ko‘plab jasadlarni aniqlagan. Halok bo‘lganlar mahalliy hokimiyat tomonidan yuborilgan qutqaruv guruhlari orqali ommaviy qabrlarga dafn etilgan.

Qutqaruv operatsiyasi vaqtida hududdan qaytib kelayotgan guruh yana bir buzilgan yuk mashinasiga duch kelgan. Unda 60 dan ortiq odam bo‘lib, ular akkumulator ishdan chiqqani sababli uch kun davomida sahroda qolib ketgan.

Niger hukumati vakillari ushbu fojia Sahroi Kabir orqali o‘tadigan migratsiya yo‘llaridagi xavf-xatarlarni yana bir bor namoyon etganini hamda yoshlarning og‘ir sharoitlarda tirikchilik izlab xavfli safarlarga chiqishga majbur bo‘layotganini ta’kidlagan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?