Amerika maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snouden boshqalarning ko‘rsatmasi va majburlovlarisiz Rossiyada qancha qolishni hal qila oladi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Yahoo Global News’ga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi «Daryo».
«O‘ylashimcha u buni mustaqil hal qiladi», — dedi Zaxarova Snouden Rossiyada uzoq muddat qolishi mumkinmi degan savolga javob bera turib.
«U bilan hech qachon uchrashmaganman, suhbatlashmaganman ham. U shunchaki bir inson, o‘z irodasiga ega, qayerda yashashini mustaqil hal qilishga qodir», — deya ma’lum qildi Rossiya tashqi siyosat boshqarmasi vakili.
Advokat Anatoliy Kucherna nashrga AQSh prezidentining yangi ma’muriyati Amerika maxsus xizmatlari sobiq xodimi Edvard Snouden bilan aloqaga chiqmaganligini ma’lum qildi. «Bugungi kunda deyarli hech narsa o‘zgarmadi, u Rossiyada yashamoqda va ishlamoqda», — dedi Kucherna. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?