Moskvada yoqilg‘i cheklovi joriy etildi — sabab nimada?

Rossiyaning Moskva shahrida bir qator avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalarida benzin va dizel sotuviga limitlar joriy etildi.
Bloomberg nashrining xabar berishicha, ayrim AYOQSHlarda bir mijozga AI-92 va AI-95 benzini 20 litrgacha, dizel esa 40 litrgacha berilmoqda. Yirik kompaniyalar orasida ham turli cheklovlar kuzatilmoqda: ba’zilarida bitta bak yoki kanistra uchun 90 litr, boshqalarida esa 100 litrgacha yoqilg‘i sotish belgilangan.
Avvalroq ayrim tarmoqlarda joriy etilgan cheklovlar vaqtincha bekor qilingani aytilgan bo‘lsa-da, so‘nggi haftalarda Rossiyaning boshqa hududlarida ham shunga o‘xshash choralar qo‘llanmoqda.
Rasmiylarga ko‘ra, bunday qarorlar yoqilg‘i ta’minotidagi uzilishlar fonida qabul qilingan. Xususan, neftni qayta ishlash infratuzilmasiga qilingan dron hujumlari va ishlab chiqarish hajmining kamayishi vaziyatni murakkablashtirgan.
Hozirda mutasaddilar ta’minotni barqarorlashtirish choralarini ko‘rayotgani ma’lum qilinmoqda.





























Izohlar 0
…