Shahlo Salayeva: “Veyselning birinchi turmushi men bilan”

Xorazmlik xonanda Shahlo Salayeva Instagram tarmog'idagi jonli efir vaqtida Veysel Dulger haqidagi shaxsiy ma'lumotlarni oshkor qilib, uni hayotidagi eng mard erkak deya ta'rifladi. Uning so'zlariga ko'ra, Veyselning bungacha nikohdan o'tgan oilasi bo'lmagan va avvalgi munosabatlari to'y bilan yakunlanmagan. Xonanda Veysel ilgari ikki kishi bilan jiddiy munosabatda bo'lgani va unashtirilganini, biroq ularning birortasi bilan uylanishgacha bormaganini bildirdi.
Xorazmlik xonanda Shahlo Salayeva Instagramda jonli efir qilayotgan vaqtida Veysel Dulger haqida samimiy fikrlarini bildirib, uning avvalgi munosabatlari va shaxsiy hayotiga oid ayrim ma’lumotlarni oshkor qildi.
Shahlo Veyselni “hayotimdagi eng mard erkak” deya ta’rifladi. Xonandaning aytishicha, Veyselning Shahlo bilan turmush qurishidan avval nikohdan o‘tgan oilasi bo‘lmagan.
Salayevaning so‘zlariga ko‘ra, Veysel ilgari munosabatlarda bo‘lgan va hatto ayrim juftliklar bilan unashtirilgan. Biroq bu munosabatlarning hech biri nikoh bilan yakunlanmagan.
“Veyselning birinchi turmushi yo‘q. Munosabatlari bo‘lgan, unashtirilgan va keyin ayrilib ketgan. To‘y qilib, birga yashamagan. Ikki kishi bilan jiddiy munosabatda bo‘lgan, ammo hech biri bilan uylanishgacha bormagan”, — deya aytib o‘tdi Shahlo.
Xonanda konsertida Veysel avvalgi munosabatlari haqida gapirganini eslatdi. O‘shanda u "hayotimga bir necha xotinlar keldi, lan’at bo‘lsin. Hech biri kelmasa edi", deb aytgan.
Shu bois Shahlo Salayevaning so‘zlariga ko‘ra, Veysel Dulgerning birinchi nikohi aynan u bilan bo‘lmoqda. Bu ma’lumot ijtimoiy tarmoqlarda juftlikning munosabatlariga qiziqish bildirayotgan muxlislar e’tiborini tortishi mumkin.






























Izohlar 0
…