Xitoyda Ilon Maskka o‘xshash oshpaz internet yulduziga aylandi

Xitoyning Shensi provinsiyasi Tongchuan shahridagi barbekyu restoranida ishlaydigan 48 yoshli oshpaz Ma Jianpin tashqi ko‘rinishi Ilon Maskga o‘xshagani uchun ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lib ketdi. 2026 yil 26 iyul kuni mijozlardan biri tomonidan tasodifan olinib tarqatilgan video qisqa fursatda 800 mingdan ortiq layk to‘pladi va uni foydalanuvchilar hazil tariqasida “Xitoyning qovurilgan Maski” deb atay boshladi.
Xitoyning Shensi provinsiyasi, Tongchuan shahrida yashovchi 48 yoshli Ma Jianpin tashqi ko‘rinishi Ilon Maskga juda o‘xshashi sabab ijtimoiy tarmoqlarda katta shuhrat qozondi.
Ma Jianpin mahalliy barbekyu restoranida oshpaz va hamkor sifatida faoliyat yuritadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u bu sohada o‘n yildan ortiq vaqt davomida ishlagan. Bir necha yil avval ham tanishlari va mijozlar uning Maskka o‘xshashligini aytib kelgan, biroq bu holat yaqindagina internetda keng tarqalgan.
2026 yil 26 iyul kuni restoranga kelgan mijozlardan biri uni tasodifan videoga olib, ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan. Video qisqa vaqt ichida ommalashib, 800 mingdan ortiq layk to‘plagan. Shundan so‘ng ko‘plab foydalanuvchilar uni hazil tariqasida “Xitoyning qovurilgan Maski” deb atay boshlagan.
Mashhurlik oshgach, restoranga Ma Jianpin bilan suratga tushish uchun maxsus kelayotganlar ham ko‘paygan. Uning o‘zi esa kutilmaganda e’tibor markaziga tushib qolganidan biroz hayajonlanganini aytgan. Shunga qaramay, u vaziyatga oddiy munosabatda bo‘lib, asosiy maqsadi oilasini boqish ekanini bildirgan.
Qiziq tomoni, internet foydalanuvchilari restoran nomini hatto “SpaceX barbekyu”ga o‘zgartirishni ham hazil tariqasida taklif qilmoqda.






























Izohlar 0
…