“Men butunlay kinodagi faoliyatimni to‘xtatdim” - Ahad Qayumdan kutilmagan qaror! (video)

She'riyat, kino va seriallar yo'nalishida ijod qilib kelgan Ahad Qayum kino sohasidagi faoliyatini butunlay to'xtatganini ma'lum qildi. Ijodkor bu kutilmagan qaroriga sog'lig'i bilan bog'liq muammolar sabab bo'lganini va malakali shifokorlar yordamiga muhtojligini bildirdi. U mazkur murojaatni piar sifatida qabul qilmasliklarini so'rab, oxirgi 25 yil davomida unga hamroh bo'lgan o'zbek xalqi, do'stlari va muxlislariga minnatdorlik bildirdi.
She’riyat, kino va seriallar yo‘nalishida ijod qilib kelgan Ahad Qayum faoliyatiga oid kutilmagan qarorini ma’lum qildi. Ijodkor ijtimoiy tarmoqda e’lon qilgan videosida endi kino sohasida ishlamasligini aytdi.
Uning bildirishicha, ayni paytda sog‘lig‘i bilan bog‘liq bir nechta muammo mavjud. Shu sabab unga tajribali va malakali shifokorlarning yordami kerak. Ahad Qayum bu haqda yaqinlari, jumladan, ota-onasi ham endi xabar topayotganini qo‘shimcha qildi.
Ijodkor so‘nggi 25 yil davomida unga hamroh bo‘lgan o‘zbek xalqi, do‘stlari va muxlislariga rahmat aytdi. U barchadan o‘zini ehtiyot qilishni so‘rab, ularni sog‘inishini bildirdi.
"Yo‘limiz shu yergacha ekan. Meni unutmanglar", degan Ahad Qayum bu murojaatni piar sifatida qabul qilmasliklarini alohida ta’kidladi.































Izohlar 0
…