Ijtimoiy tarmoqlarda “Holandga o‘xshash ayollar” trendiga yangi qiyofadoshi qo‘shildi!

Ijtimoiy tarmoqlarda "Manchester Siti" hujumchisi Erling Holandga juda o'xshash yosh ayol aks etgan navbatdagi video keng muhokamalarga sabab bo'ldi. Ko'chada ketayotgan erkak mazkur holatni tasvirga olib, qizning tashqi ko'rinishini videoga muhrlagan. Qisqa vaqt ichida turli sahifalarda tarqalgan ushbu rolik ko'plab foydalanuvchilarning e'tiborini tortdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda so‘nggi paytlarda muhokama qilinayotgan "Holandga o‘xshash ayollar" mavzusiga yana bir video qo‘shildi. Ko‘chada ketayotgan erkak "Manchester Siti" hujumchisi Erling Holandga juda o‘xshaydigan yosh ayolni ko‘rib, bu holatni tasvirga olgan.
U qizga yaqinlashib, uning tashqi ko‘rinishini videoga muhrlagan. Rolik qisqa vaqt ichida turli sahifalarda tarqalib, ko‘plab foydalanuvchilar e’tiborini tortdi.
Izohlarda odamlar qiz bilan norvegiyalik futbolchi o‘rtasidagi o‘xshashlikni hazil bilan muhokama qilishdi. Ayrimlar uni Holandning qiyofadoshi deb atagan bo‘lsa, boshqalar mashhurlarga o‘xshash insonlar aks etgan videolar tarmoqlarda tobora ko‘payib borayotganini yozdi.































Izohlar 0
…