Ispaniyaga minglab muhojirlar dengiz orqali suzib o‘tib, Seuta shahriga kirib keldi

30 iyul kuni Marokashdan 2–3 mingga yaqin migrant dengiz orqali suzib o‘tib, Ispaniyaning Shimoliy Afrikadagi Seuta shahriga kirib keldi. Hududdagi vaziyat keskinlashgach, Ispaniya hukumati qo‘shimcha politsiya xodimlari va harbiy bo‘linmalarni safarbar qildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur voqea oqibatida kamida to‘qqiz kishi halok bo‘lgan.
30 iyul kuni Marokashdan 2–3 mingga yaqin migrant dengiz orqali suzib o‘tib, Ispaniyaning Shimoliy Afrikadagi Seuta shahriga kirib keldi. Hududdagi vaziyat keskinlashgach, Ispaniya hukumati qo‘shimcha politsiya xodimlari va harbiy bo‘linmalarni safarbar qildi.
Seuta va Melilya Ispaniyaning Shimoliy Afrikada joylashgan avtonom shaharlari hisoblanadi. Ular Yevropa Ittifoqining Afrika qit’asi bilan yagona quruqlikdagi chegarasini tashkil etadi. Shu sabab bu hududlarda migrantlarning chegarani noqonuniy kesib o‘tishga urinishlari muntazam kuzatiladi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida kamida to‘qqiz kishi halok bo‘lgan. Qurbonlarning shaxsi va o‘lim holatlari haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.
Ispaniya Ichki ishlar vazirligi noqonuniy migratsiya oqimini kamaytirish va chegaradagi vaziyatni nazorat qilish uchun Marokash hukumati bilan yaqin hamkorlik qilayotganini bildirdi.































Izohlar 0
…